Ulug'bek Rahmatullaev - Sen ketding

Sen ketding yor beparvo,
Gapim tilimda qoldi.
Bo’libman senga shaydo,
Gulim qo’limda qoldi.
Gapim tilimda qoldi. (x2)

O’ynat qo’lda toringni,
So’yla dilda boringni,
Nechun ko’rmaysan jonim,
Yoningdagi yoringni.
O’ynat qo’lda toringni,
So’yla dilda boringni,
Nechun ko’rmaysan ko’rkam,
Yoningdagi yoringni?
So’yla dilda boringni.

Bog’ aylanib ertalab
Gul uzgandim dastalab,
Mast bo’lib bo’ylariga
Gullar qo’ydim astalab,
Gul uzgandim dastalab.
Bog’ aylanib ertalab
Gul uzgandim dastalab,
Mast bo’lib bo’ylariga
Gullar qo’ydim astalab.
Gul tergandim dastalab.

O’ynat qo’lda toringni,
So’yla dilda boringni,
Nechun ko’rmaysan jonim,
Yoningdagi yoringni.
O’ynat qo’lda toringni,
So’yla dilda boringni,
Nechun ko’rmaysan ko’rkam,
Yoningdagi yoringni?
So’yla dilda boringni.

Xumorman visolingga,
Mushtoqman jamolingga.
O’ynashmagin ishq bilan,
Qolmagin uvolimga.

O’ynat qo’lda toringni, (seni sevaman)
So’yla dilda boringni, (seni sevaman)
Nechun ko’rmaysan jonim,
Yoningdagi yoringni.
O’ynat qo’lda toringni, (seni sevaman)
So’yla dilda boringni,
Nechun ko’rmaysan ko’rkam,
Yoningdagi yoringni?
So’yla dilda boringni.

Sen ketding…



Бошка кушик матнлари:


Abror Azizov - Kel gulim
Gulsanam Mamazoitova, Ulug'bek Rahmatullaev - Omon yor
Ozodbek Nazarbekov - Seni sevib qolibman go’zal
Ozodbek Nazarbekov - Jiyda gulim
Leyla - Yor-yor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты