Lola - Xayr opajonim

Biz birga o’sdik, hatto bir zumga ham
Ajralmas edik ikkimiz.
Opa-singil sho’x, sirlashib, quvnoq,
Baxtli o’tdi yoshligimiz.

Mana bugun sen oq libosni kiyib,
Kelin bo’lding – kuzatamiz.
Kim o’ylabdi, tez o’tarkan yillar,
Sensiz huvillar uyimiz.

Xayr opajonim, endi o’zga uyda qalbing,
Ko’zlaring hech bo’lmasin nam.
Xayr opajonim, sevimli yor bo’lgin,
Bo’lsin baxting tillodan.

Onam yig’laydi bosib bag’riga,
O’zgalarga o’rganar qanday?
Otam jilmayar, qo’li ko’ksida,
Achchiq ko’z yoshini bildirmay.

Xayr opajonim, endi o’zga uyda qalbing,
Ko’zlaring hech bo’lmasin nam.
Xayr opajonim, sevimli yor bo’lgin,
Bo’lsin baxting tillodan. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - Qadr yig’laydi
Subxan - Lola
Dildora Niyozova - Kelin
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Mahmud Namozov - Opa-singil


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты