Bojalar guruhi, Ruhshona - Chegara

[Jahongir Poziljonov]
Asalim, shakarim, qing’ir-qiyshiq gaplaring
Yelkamga yukdur, jon-a,
Zaharli zabonda so’zlagandan ko’ra
Boshginamni urib yor-a!

[Ruhshona]
Bu vaziyatda hali gapim tugamas,
Maqtanchoqligingga ortiq sabrim chidamas.

[Ruhshona]
Captivada yurarmish, saroyda turarmish…
[Jahongir Poziljonov]
Turamanu, yuraman, qaddimni uraman!
[Ruhshona]
Samolyotda ucharmish, qasrlar qurarmish…
[Jahongir Poziljonov]
Yuraman, turaman, ikkiga urib suraman!

[Jahongir Poziljonov]
Chegaralar, chegaralar, chegaralar bormu
Qaysarliklaringga-ye?
Baribir, baribir seva-vera-veraman,
Yaxshisi, uyingga bor-e!

[Ruhshona]
Chegaralar, chegaralar, chegaralar bormu
Qaysarliklaringga-ye?
Baribir, baribir seva-vera-veraman,
Sen ham menga zor-e.

[Jahongir Poziljonov]
Asalim, shakarim, go’zallar ichra
Go’zal yor-yorimsan-e, (O-o..)
Lekin menga baribir, yoqasanmi, yo’qmi –
O’zim bilmayman-ey…

-Yoqdimi?
-Hm-m-m..

[Ruhshona]
O’g’il bola ham buncha beqarormikan,
Senga bir bor ko’z tashlovchi
Qizlar bormikan?

[Ruhshona]
Captivada yurarmish, saroyda turarmish…
[Jahongir Poziljonov]
Turamanu, yuraman, qaddimni uraman!
[Ruhshona]
Samolyotda ucharmish, qasrlar qurarmish…
[Jahongir Poziljonov]
Yuraman, turaman, ikkiga urib suraman!

[Jahongir Poziljonov]
Chegaralar, chegaralar, chegaralar bormu
Qaysarliklaringga-ye?
Baribir, baribir seva-vera-veraman,
Yaxshisi, uyingga bor-e!

[Ruhshona]
Chegaralar, chegaralar, chegaralar bormu
Qaysarliklaringga-ye?
Baribir, baribir seva-vera-veraman,
Sen ham menga zor-e.

[Jahongir Poziljonov]
Go’zalligingga mahliyo bo’lib, jonim,
Ko’zgudan ketmaysan sira!

[Ruhshona]: – Yog’-e?!

[Jahongir Poziljonov]
Beshbarmoq, lag’mon, chuchvara, tuxumni
Qovurishni bilmaysan sira!

[Ruhshona]
Turmush-hayotga tajribam juda ham xom,
Qo’limdan kelmasa ham, buyurtma beray taom.

[Ruhshona]
Captivada yurarmish, saroyda turarmish…
[Jahongir Poziljonov]
Turamanu, yuraman, qaddimni uraman!
[Ruhshona]
Samolyotda ucharmish, qasrlar qurarmish…
[Jahongir Poziljonov]
Yuraman, turaman, ikkiga urib suraman!

[Jahongir Poziljonov]
Chegaralar, chegaralar, chegaralar bormu
Qaysarliklaringga-ye?
Baribir, baribir seva-vera-veraman,
Yaxshisi, uyingga bor-e!

[Ruhshona]
Chegaralar, chegaralar, chegaralar bormu
Qaysarliklaringga-ye?
Baribir, baribir seva-vera-veraman,
Sen ham menga zor-e.



Бошка кушик матнлари:


Davron Ahmedov - Go’zallar
Abdulhay Karimov - To’y bola
Yulduz Abdullayeva - Hay bola
Dilshod Ali - Yo’q dema
Bojalar guruhi - Yor-yor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты