Ulug'bek Rahmatullaev - Omadim kelmadi

Omadim kelmadi sevgi bobida,
Inson goh ojizdir hayot oldida,
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay ko’zimda yoshim.
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay ko’zimda yoshim.

Hayot goh shirindir, gohida taxir,
Inson o’z taqdirini bilolmas axir,
Ulkan tog’larga hech qilmay e’tibor
Kichik bir toshdan lek qoqilganim bor.
Ey, ulkan tog’larga hech qilmay e’tibor
Kichik bir toshdan lek qoqilganim bor.

Omadim kelmadi sevgi bobida,
Inson goh ojizdir hayot oldida,
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay ko’zimda yoshim.
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay ko’zimda yoshim.

Yongan yuragimni asta silayman,
Ushal bevafoning baxtin tilayman,
Hayot achchiq so’zini qancha aytmasin
Hech kimdan taqdirning o’zi qaytmasin.
Hayot achchiq so’zini qancha aytmasin
Hech kimdan taqdirning o’zi qaytmasin.

Omadim kelmadi sevgi bobida,
Inson goh ojizdir hayot oldida,
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay ko’zimda yoshim.
Sevgimga yetolmay egildi boshim,
Aylanar bildirmay ko’zimda yoshim.

Dunyo o’zi keldi garchi quvmadim,
Ko’zlarim yoshiga qo’lim yuvmadim,
Yo’limni poyladilar qancha sanamlar
Lek, lek bir go’zalni deb dilda alamlar.

Aylanar bildirmay ko’zimda yoshim…



Бошка кушик матнлари:


Xurshid Rasulov - Uyga quruq qaytmasin erkak
Shahzoda - Tilayman
Ulug'bek Rahmatullaev - Kelmadi
Husan - Dildor
Munisa Rizayeva, Ulug'bek Rahmatullaev - Chakanamas


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты