Ozodbek Nazarbekov - Ko’zlari qaroshi

Voyey, ko’zlari qaroshi,
Dodey, ko’zlari qaroshi.

Mani maftun aylagano
Ko’zlari qaroshi,
Lol qoldirar iymanib bir
Qizning so’roshi. (x2)

Sohibjamol nigohlari
Yuragim o’rtar,
O’ziga rom aylaganey
Ko’zlari qaroshi. (x2)

Voyey, ko’zlari qaroshi,
Dodey, ko’zlari qaroshi.

Charaqlagan shahlo ko’zlar
Ko’zimga tushgach,
Lov-lov yonib kuydiradi
Ishqning tutoshi. (x2)

Jilo berib kiprigiga
Nurlar taratgan, doda,
Ikki kamon qoshiga-ya
O’sma yaroshib. (x2)

Voyey, o’sma yaroshib,
Dodey, o’sma yaroshib.

Yiroqlardan keldim izlab,
Ko’zlarim giryon,
Oshig’ini chorlaganey
Ko’zlari qaroshi. (x2)

Hatto tashlab chidolmasman
Ko’zim qirini, doda,
Mani asir aylaganey
Ko’zlari qaroshi. (x2)

Voyey, ko’zlari qaroshi,
Dodey, ko’zlari qaroshi. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Abdullayeva - Lov-lov yonaman
Surxon guruhi - Lov-lov yonar
Bahodir Mamajonov - Keldim yana
Botir Qodirov - Yonar yurak
Ozodbek Nazarbekov - Keldim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты