Shohruhxon - Insonlarmiz

Bir yelkada iymon, birida shayton,
Birida haqiqat, birida yolg’on,
O’rtada ovora bechora inson.
Kimdur bog’ yaratar, kimning qo’li qon,
Zo’r bo’lsang yo’lingga qo’yishar qopqon,
Ey, do’stim!

Osmonlar bizga boqar
Sinovlari boqiy, sinovlari boqiy.
Axir biz insonlarmiz,
Mehmonmiz bu dunyoda,
Mehmonmiz bu dunyoda.

Kimni omad, kimni kulfat qarshilar,
Pok noming tuhmatga qorar vahshiylar,
Bormisiz, qo’l bering qani, yaxshilar!
Hayotning to’sig’u zarbalari ko’p,
Yomonning makriyu nag’malari ko’p,
Ey, do’stim!

Osmonlar bizga boqar
Sinovlari boqiy, sinovlari boqiy.
Axir biz insonlarmiz,
Mehmonmiz bu dunyoda,
Mehmonmiz bu dunyoda.

(Mehmonmiz bu dunyoda,
Mehmonmiz bu dunyoda.)



Бошка кушик матнлари:


Abror Azizov - Omad
Shaxriyor - Tashlandiq
Hadicha Qurbonova - Yashagim kelyapti, onajon
Saodat Qobulova - Dugonalar bormisiz
Rayhon - Qani-qani


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты