Sarvar va Komil - Erkalay

Erkalay, men seni erkalay,
Sochlaringni silab mani jonim.
Erkalay, har kuni erkalay,
Yolg’iz erkatoyim o’zing yorim.

Sochlaringni erkalar mayin shamol,
Yuzlaringni siypalar tunlari oy,
Yulduzlar jilovlanib ohu ko’zingda
Tabassumingdan tovlanar ochib chiroy.

Yolg’izim hech kim senday bo’la olmas,
Shirin kulishlaringga to’yib bo’lmas,
Yonimda har doimo sen bo’lsang bas,
Hech narsa kerakmas, sen bo’lsang bas.

Erkalay, men seni erkalay,
Sochlaringni silab mani jonim.
Erkalay, har kuni erkalay,
Yolg’iz erkatoyim o’zing yorim.

Nigohlarim to’qnashsa senga bir dam,
Yuragimga sig’mayman go’yo shu dam.
Atrofimni sezmasdan mahliyo bo’lib
Qaniydi tezroq borib quchoqlab olsam.

Erkatoyim mani, mani hayotim,
Tinglagin senga bitgan dildagi bayotim,
Tabassumingda yashar bepoyon bu dunyo,
Atrofda butun ro’yo bir senga mahliyo.

Yagona keragim, yolg’izim yuragim,
Doim yonimda bo’lsang – yagona tilagim,
Bu dunyoga sig’mayman bir zumga ko’rmasam,
Nafasing sezmasam, yoningda bo’lmasam.

Erkalay, men seni erkalay,
Sochlaringni silab mani jonim.
Erkalay, har kuni erkalay,
Yolg’iz erkatoyim o’zing yorim. (x2)

Jonim seni erkalay…
Seni erkalay…



Бошка кушик матнлари:


Farruh Komilov - Qaniydi
Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Mansurxon Nurmatov - Qaniydi
Mahmud Namozov - Ohu-voh
Davron Ergashev, Shahnoz - Qaniydi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты