Hojiakbar Hamidov - Ketmoqdaman

Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman, (x2)
Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman.

Na ishonchu, na quvonchu, na ko’ngildan ochma gap, (x2)
Barchasidan ushbu kun yo’qdir samar, ketmoqdaman. (x2)

Men quyosh yuzlimga deb, tun-kechalar berdim yurak, (x2)
Oqibat otganda tong qondir jigar, ketmoqdaman. (x2)

Joooon…
Necha kunlar o’tdi, lekin holimni bir so’rmading,
Oxirida hol so’rab kelsang magar, ketmoqdaman.

Kelganimda dedilarki, bu yigit koni zarar, (x2)
Ketmagimda, oxir ayt, bormi zarar, ketmoqdaman.

Yaxshi qol, ey, dilbarim, dilda kadar, ketmoqdaman,
Ishq aro endi holim zeru zabar ketmoqdaman.



Бошка кушик матнлари:


Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Ummon - Yo`qol
Adi - Ro’mol
Azizshox - Ayt ayt
Ozodbek Nazarbekov - Ayt yurak


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты