UZmir - Bormidi

[UZmir]
Sen ketganding unutib,
Men esa qolib ketdim.
Agar yonimda bo`lsang,
Kelmas edi ketgim.

Endi butunlay yonimga
Kelmas bo`lib qolding.
O`zing kelib, yuragimga
Joylashib qolding.

[Mira]
O`zing aybdor eding,
E’tiboring yo`q edi menga.
Axir sen xohlagandek
Bergandim borim senga.

Afsuslaring befoyda,
Ozorlaring kerakmas.
Lekin sevaman, jonim,
Bo`ldi, sevgi kerakmas.

[UZmir]
Bormidi yuragingda menga sevgi?
Ayt bormidi, yuragingda menga sevgi?

[Mira]
Endi yo`q sevgi menda,
Kelma endi yonimga.
Borim berdim senga,
Qadrim bilmading, jonim!
Ket, kelma yonimga.

[UZmir]
Qolganmidim o`zgarib,
Sen tanladingku o`zgani.
Nega borolmadim o`zi, bilmam,
Sani yo`lingni to`sgani.

Ne xayollar o`tmadi,
Sen kimlar bilan, deya.
Ortingdan qarab qoldim,
Yonimga kelar, deya.

[Mira]
Bermading men xohlagan baxt,
Men so`ramagan edim sendan taxt.
Endi xohlamayman,
Kerakmas menga o`sha baxt!

[UZmir]
Olislab, ketamiz uzoqlab,
Ketamiz yana, yana-yana.
Afsuski bu tunlar
Men xohlagan o`sha yorim endi yo`q.
Mendan ketib,
Jonim, bo`ldimi endi ko`ngling to`q?

[UZmir]
Bormidi yuragingda menga sevgi?
Ayt bormidi, yuragingda menga sevgi?

[Mira]
Endi yo`q sevgi menda,
Kelma endi yonimga.
Borim berdim senga,
Qadrim bilmading, jonim!
Ket, kelma yonimga.



Бошка кушик матнлари:


UZmir - Bormidi
Oybek va Nigora - Xohlamayman
Diyor Mahkamov, Faridam - Ket
Sardor Rahimxon - Bilmading
Lola Ahmedova - Bilmading


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты