Sardor Navruzov - Yor edim

▪️#FP
Bugun yana qo‘ng‘iroq qilding, to‘g‘risi hayron qoldim,
Javob beraymi yoki yo‘q – o‘ylanib qoldim.
Go‘shakni ko‘tarib, yurakda qayg‘u sukunat,
Qalbim tubida bitta so‘z: “Muhabbatga la’nat”!

Axir ketgandingku, qalbimni yaralab,
Endi ovutolmaysan, yolg‘ondakam yig‘lab.
Shuncha payt qatda eding?! Holimni so‘radingmi?
Oradan vaqt o‘tib, endi qadrimni bildingmi?

Har bir yurak urishi doim sani eslatardi,
Chunki yurak urishida sevgimiz yashardi.
To‘g‘ri, man oddiyman, oddiy bo‘lib sevganman,
Keyinchalik sanga kerakmasligimni sezganman.

Qalbimda dardlarim, balki sanga qiziqmasdir,
Nachora, oramiz uzoq, bu ekan taqdir.
Kechirim so‘rama endi, yurak-bag‘rim tirnab,
Endi o‘zing hulosa qil, so‘zlarimni tinglab.

▪️#CHORUS
Ko‘p emasdi, senga yor edim,
Yoru vafodor edim.
Afsus, yorim bo‘lmading,
Sevgimizni xo‘rlading. (x2)

▪️#SP
“Ovozingiz o‘zgaribti”, – to‘g‘ri butkul o‘zgarganman,
O‘zgarishimga san sababchi – sandan minnatdorman.
Bo‘lmasa, hozirgacha sansiz qiynalib yurardim,
San bergan maslahatga ko‘ra sani unutdim.

O‘shanda aytganding: “Mani unutish uchun
Mansiz yashab ko‘ring, taxminan ikki uch kun”.
O‘shanda hayron qoldim, aqlimga sig‘masdi,
Bir yillik xotira uch kunda esdan chiqmasdi.

Sog‘ingan paytlarim, surating qo‘lga olardim,
Sani ko‘zinga termulib, yana xayol surardim.
Keyinchalik esa suratlaring yoqib yubordim,
O‘sha kundan keyin man butunlay o‘zgardim.

Endi hayotim tekis, kunlarim asta o‘tmoqda,
Asta-sekin yuragim sansizlikga ko‘nikmoqda.
Endi yurak urishi aslo seni eslatmaydi,
Chunki sevgimiz tugadi, yuragim yolg‘iz yashaydi.

▪️#CHORUS
Ko‘p emasdi, senga yor edim,
Yoru vafodor edim.
Afsus, yorim bo‘lmading,
Sevgimizni xo‘rlading. (x2)

Ko‘p emasdi senga yor edim…
O‘zgarishimga san sababchi sandan minnatdorman…
Afsus yorim bo‘lmading…
San bergan maslahatga ko‘ra sani unutdim… (ko‘ra sani unutdim)

▪️#BRIDGE
Armonda qolgan yuragim yig‘lar,
O‘shal bevafo ila xayollar.
O‘tadi oylar, befoyda yillar,
Sog‘inchim qiynar, yuragim yig‘lar. (x2)
(yig‘lar… yig‘lar…)

▪️#CHORUS
Ko‘p emasdi, senga yor edim,
Yoru vafodor edim.
Afsus, yorim bo‘lmading,
Sevgimizni xo‘rlading. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Bobomurod Hamdamov - Kim ekan
Bojalar guruhi, Shaxri - Zing-zing
Ummon - Bir umr
Umidaxon - So’rama
Bojalar guruhi, Rayhon - Hayron bo’lmanglar


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты