Olqishlab-olqishlab munavvar tongni, U mayin hilpirab turibdi, qarang. Bu kez termultirgan jumla jahonni, Yurtim bayrog’ida porlar to’rt xil rang.
Yashil rang – abadiy ko’klam timsoli, Bahorni qutlaydi bunda har bir jon. Bulutlar tutunlar, dog’lardan holi, Moviy rangda yashnar musaffo osmon.
Azizim, sen haqda yana ne deyin? Bulbullar to’ldirsin yashil bog’ingni. Kelajak avlod bizlardan keyin, Hilpiratib tursin hur bayrog’ingni.
Qizil rang – ko’zga yosh qalqmasin nechun? Janglarda o’lmagan mangu jondir bu. Biz bugun kuylagan erk va baxt uchun Bir zamon to’kilgan qutlug’ qondir bu.
Dalalarni quchgan paxta kabi oq, Vatan bayrog’ida bir rang bor yana. Mehnatkash xalqimning qalbiday oppoq, Unda nafas olar oq sut va ona.
Azizim, sen haqda yana ne deyin? Bulbullar to’ldirsin yashil bog’ingni. Kelajak avlod bizlardan keyin, Hilpiratib tursin hur bayrog’ingni. (x1+x1)
Бошка кушик матнлари:
Пабло, Mr Lambo - Босые тротуары
Припев: В моей глуши царит мрак Не будем решать кто из нас прав Домом стали Майк, angry hip-hop...
Эльвира Титова - янымда бул
Мэхэббэттэн ярсып тибэ минем йорэк Бэхет очен бу гомердэ тагы ни кирэк?? Янымда булса сойгэнем мина...
RADA - Винил
Море из игристого не пресно Тихо идет будущая Тесла Мне с тобой красиво, интересно А-я-яй, спасите!...