Mango guruhi - Bemorman

Mana yurak sen deya
Azoblaringdan bo`ldi xasta.
Aldanib qoldim nega?
Tuyg`ularim so`nmoqda asta.

Hamma narsa seni eslatar,
Bilaman bir kun dardlar ketar.
Lekin yuragimda dog`,
Seni esa kayfiyating chog`.

Seni ko`rgan kunimdan juda afsusdaman,
Maqsadingga yetding, qara mana gap-so`zdaman.
Rejalaring nima edi, xayollaringda kimlar?
Shunchalar osonmi kechib ketish, alam qilar.

Sababin bilolmadim, o`yimga yetolmadim,
Savollarim ko`p javobi yo`q, seni topolmadim.
Yuragim parcha-parcha,
Parchalagan bo`lsang ham unutolmadim.

Men bemorman, davosi yo`q, dardi bor,
Men bedorman, uyqusi yo`q, senga zor.
Men vayronman, so`zlaringning rosti yo`q,
Men hayronman, men bemorman. (x2)

Ooo-oo, oo-oo, oo-ooo,
Men bemorman, men bedorman.

Oxiri yo`q yo`ldaman,
Lekin afsus manzilim yo`q.
Seni haliyam sevaman,
Lekin afsus ishonchim yo`q.

Orzularimiz endi armon,
Yuragim to`la shubha-gumon.
Endi ketavergin to`rt tomon,
Yaqin insoning sotsa yomon.

Seni ko`rgan kunimdan juda afsusdaman,
Maqsadingga yetding, qara mana gap-so`zdaman.
Rejalaring nima edi, xayollaringda kimlar?
Shunchalar osonmi kechib ketish, alam qilar.

Sababin bilolmadim, o`yimga yetolmadim,
Savollarim ko`p javobi yo`q, seni topolmadim.
Yuragim parcha-parcha,
Parchalagan bo`lsang ham unutolmadim.

Men bemorman, davosi yo`q, dardi bor,
Men bedorman, uyqusi yo`q, senga zor.
Men vayronman, so`zlaringning rosti yo`q,
Men hayronman, men bemorman…



Бошка кушик матнлари:


Manzura - Afsusdaman
Trey Songz - Ooo
Mango guruhi - Do’stim
Saidakbar Xolmatov - Armon
Fazo - Poymol


Комментарии 2

ikyiyt
juda zoooooooo'r qo'shiq ekan omad charchameylar
6 июля 2021 18:50

shamsiyeva kumushbibi
assalomu alaykum qo'shiqni vapshe yorvoripsizlaru ishlaringizga omad man silani muxlisalaringizman silani juda yaxshi kuraman zoooooooooooooooooooooo'r
15 марта 2023 08:32

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты