Bojalar guruhi - Sevaman O’zbekiston

Salom sizga, ey baxtli yoshlar,
Istiqlolda kamol topgan qora qoshlar.
Mana yana bayramlar muborak bo‘lsin,
Mehnatning mukofoti bu,
Orzular ijobati bu.

Yuragim aytar bag‘rimda yalla,
Betakror bu go‘zal qishloq-shaharlar.
Ajdodlar orzu qilgan bir mahallar
Mustaqillik sharofati bu,
Ushaldi bu orzu.

Qo‘llar ko‘ksimizda, boshimiz osmonda,
Deymiz xizmatingga labbay, labbay.
Gullab-yashnashing uchun,
Obod bo‘lishing uchun
Sog‘lom, kuchli farzandlaring shay.

Qani yoshlar hammamiz birga:
Sevaman O‘zbekiston! Jonim O‘zbekiston!
Men seni sevaman,
Jannat vatanim o‘zimni. (x2)
Sevaman O‘zbekiston! Jonim O‘zbekiston!
Sevaman O‘zbekiston!

Yuksak orzular yuragimizda,
Har yo‘nalishda omad qo‘limizda.
Hali ko‘p g‘alabalar oldimizda,
Tinchlikning nashidasi bu,
Ogohlik natijasi bu.

Davomiy bo‘lsin tantana-to‘ylar,
Yosh oilalar uchun bino va uylar.
Yashasin qalbimizda pok tuyg‘ular,
Istiqlol taronasi bu,
Mustaqil yoshlar shiori bu.

Qo‘llar ko‘ksimizda, boshimiz osmonda,
Deymiz xizmatingga labbay, labbay.
Gullab-yashnashing uchun,
Obod bo‘lishing uchun
Sog‘lom, kuchli farzandlaring shay.

Qani yoshlar hammamiz birga:
Sevaman O‘zbekiston! Jonim O‘zbekiston!
Men seni sevaman,
Jannat vatanim o‘zimni. (x2)
Sevaman O‘zbekiston! Jonim O‘zbekiston!
Sevaman O‘zbekiston!

Xorazm, Qoraqalpog‘iston,
Sevaman o‘zbekiston!
Qashqadaryo va Suxon,
Jonim O‘zbekiston!

Navoiy, Buxoro, Samarqand,
Sevaman O‘zbekiston!
Seni sevaman vatan!

Jizzax, Sirdaryo va Toshkent,
Sevaman O‘zbekiston!
Farg‘ona, Namanganu, Andijon,
Jonim O‘zbekiston!

Albatta poytaxtim jonajon,
Sevaman O‘zbekiston!
Gulla, yashna vatanim o‘zimni!



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi, Nilufar - Yana tantana
Dilso'z - Vatanim
Abror Azizov - Omad
Bojalar guruhi - To’ylar muborak
Bojalar guruhi - Yigirma yosh


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты