Doston Ergashev - Rozi bo’lsin

Tilimizni yomon so`zdan tiymadik,
O`zga dardni tinglamadik, kuymadik.
Mol dunyoga xirs qo`ydig-u to`ymadik,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar.

Rozi bo`lsin, rozi bo`lsin, odamlar,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar.
Rozi bo`lsin, rozi bo`lsin, odamlar-ey,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar.

Chaqaloqlar ko`chalarda tug`ildi,
Tug`ildi-yu dunyo ko`rmay bo`g`ildi.
Chirqiratdik norasta gul qizlarni,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar.

Rozi bo`lsin, rozi bo`lsin, odamlar,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar.
Rozi bo`lsin, rozi bo`lsin, odamlar-ey,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar.

Ayamadi, urdi farzand otasin,
Burda nonga zor qildi u onasin,
Pulga sotdi hali go`dak bolasin,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar.

Rozi bo`lsin, rozi bo`lsin, odamlar,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar.
Rozi bo`lsin, rozi bo`lsin, odamlar-ey,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar.

Ayollarga taqlid qilib so`zini,
Yorab, erkak chiqdi bo`yab ko`zini. (x2)
Itlar yesin bundaylarning yuzini,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar. (x2)

Rozi bo`lsin, rozi bo`lsin, odamlar,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar.
Rozi bo`lsin, rozi bo`lsin, odamlar-ey,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar.

Chetda yurar nozik, go`zal ayollar,
To`y bo`lmasdan, aytilmasdan yor-yorlar.
Eslasangiz, qo`rqib ketar xayollar,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar.

Bekorgamas axir vabo kelishi,
Bunga sabab Robbim bizni bo`lishi.
Tavba qiling – gapning dangal bo`lishi,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar.

Azim xalqim, joynamozin tutaylik,
Sajda qilib, iymonimiz butlaylik.
Yorug` yuzla qiyomatda turaylik-ey,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar.

Odamlarim, odamlarim, odamlar,
Olloh bizdan rozi bo`lsin, odamlar. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Mirzabek Xolmedov - Erkak
Jasur Umirov - Erkak yig`lamasin
Ozodbek Nazarbekov - Erkak kishini
Xurshid Rasulov - Uyga quruq qaytmasin erkak
Farrux Xamraev - Biloljon (Mo’min Oripov xotirasiga)


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты