Sardor Tairov " Hasrat "

Bilmadim qay bir fursat begonalar bo`ldi u yor,
Bilmadim qay bir xato ayriliqqa etdi duchyor.
Bilmadim sevgi aybmi yo sevgan dilmi gunohkor,
Bilmadim, bilolmadim, bilganim shu – begona yor!

Hasratim bor, ko`ksim uzra bu dardim talay,
Yor mani ayro, ayro etdi, na qilay?
Ket dedi hayotimdan, men ham ketdim jim indamay,
Boshimni qayga uray, dilga davo kimdan so`ray?

Hasratim bor, ko`ksim uzra bu dardim talay,
Yor mani ayro, ayro etdi, na qilay?
Ket dedi hayotimdan, men ham ketdim jim indamay,
Boshimni qayga uray, dilga davo kimdan so`ray?

Ne dard bu, darmoni hijron, dilni qiynar har on, oh yomon,
Ne g`am bu, farmoni armon, dilni qiynar har on, begumon.
Kundan kun qiynar hijron, yor, vasling endi armon,
Bir lahza endi seni ko`rmoqqa yo`qdir imkon.
Ko`ksimda hijron dardi, qaylarda bo`lma mayli, bo`l omon,
Bo`l omon.

Hasratim bor, ko`ksim uzra bu dardim talay,
Yor mani ayro, ayro etdi, na qilay?
Ket dedi hayotimdan, men ham ketdim jim indamay,
Boshimni qayga uray, dilga davo kimdan so`ray?

Hasratim bor, ko`ksim uzra bu dardim talay,
Yor mani ayro, ayro etdi, na qilay?
Ket dedi hayotimdan, men ham ketdim jim indamay,
Boshimni qayga uray, dilga davo kimdan so`ray?



Бошка кушик матнлари:


Sardor Toirov - Hasrat
Jahongir Otajonov - Mayli
Bahrom Nazarov - Xato qildim
Sardor Mamadaliyev - Omon yora
Farhod va Shirin - Dedi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты