Nodir Xolboyev - Dada sizni yaxshi ko’raman

(Mehribonim, jonim dadam.
Tashvishlari bilan ovora bo`lib, Sizni har kun bir quchib, aytishi kerak bo`lgan so`zni aytolmagan esi yo`q o`g`lingizni kechiring.
Dada, keling, sizni bir bag`rimga bosay. Sizni judayam qattiq yaxshi ko`raman.

Borlig`ingiz bizlarga tortiq,
Kimim bordir padardan ortiq?!
Hol so`rmadim o`zimdan ortib,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Bo`g`zimga ne tiqildi shu dam?
To`xtatolmas ko`z yoshin odam.
Jon dadam-a, mehribon dadam,
Sizni juda yaxshi ko`raman.)

Mehringizdan yashnab yuraman,
Mag`rur qadam tashlab yuraman,
Dunyoda eng tabarruk inson –
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Alamlarim ko`zlarin yopay,
Yoningizga yuguray, chopay,
Keling, bir bor bag`rimga bosay,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Qadringizni bilmaganim bor,
Aytganingiz qilmaganim bor,
Kechirimlar so`rayman takror,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Jon dadam-a, mehribon dadam,
So`zlarida mehri bor dadam.
Kamtargina xokisor odam,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Jon dadam-a, mehribon dadam,
So`zlarida mehri bor dadam.
Kamtar dadam, xokisor dadam,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

O`z dardingga o`ralgan dunyo,
Tashvishlardan yaralgan dunyo,
Aytolmadim shu so`zni goho –
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Har kun sizni o`ylasam hamki,
Mehringizga to`ymasam hamki,
Kunda quchib, qo`ymasam hamki,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Quchog`ingiz bunchalar ham keng,
Jon bolam-a, jonim bolam, deng,
So`zlaringiz tillolarga teng,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Jon dadam-a, mehribon dadam,
So`zlarida mehri bor dadam.
Kamtargina xokisor odam,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Jon dadam-a, mehribon dadam,
So`zlarida mehri bor dadam.
Kamtar dadam, xokisor dadam,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Dardin yegan har o`g`il-qizni,
Zoriqtirmay o`stirgan bizni,
Ota bo`lib angladim sizni,
Dada, sizni yaxshi ko`raman. (x2)

Jon dadam-a, mehribon dadam,
So`zlarida mehri bor dadam.
Kamtargina xokisor odam,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Jon dadam-a, mehribon dadam,
So`zlarida mehri bor dadam.
Kamtar dadam, xokisor dadam,
Dada, sizni yaxshi ko`raman.

Dada, sizni judayam yaxshi ko`raman…



Бошка кушик матнлари:


Farruh Komilov - Har qadam
Shohruhxon - Jonim dadam
Afruz guruhi - Dam bu dam
Ummon - Yo`qol
Vohid Abdulhakim - Ming yil


Комментарии 5

Zilola
judayam zo'r, Klipi ham Qo'shig'i ham
4 октября 2021 04:46

A4
Zor qõshiq 👍👏
6 декабря 2021 18:10

Jasmina
Zõr qõshiq lekin yiğlatadigan qõshiq ekan manga yoqdi🥲😢😭
19 октября 2022 21:59

Davron
Zõr 👍👍👍👍😄😄😄😀😀😀🤣
28 декабря 2022 18:41

Javohir
Zoʻr yoqtirgan qoʻshigʻim
5 марта 2023 10:06

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты