Sardor Tairov - "Baxtingni top"

Yashirasan nigohlaring
Go'zal ko'z-u qaroqlaring
Menga so'nggi so'z aytolmay, qaltiraydi dudoqlaring
Aytaqolgin, yashirma
Bo'ldi, darding oshirma
Saqlab faryodlaringni daryo qilib toshirma
O'zi sezib turibman
Arang kulib turibman
Qo'lingdagi qog'ozni netay, ko'rib turibman
Axir bu taklifnoma baxtimdan qayirmoqda
Shu bir parchagina qog'oz sevgimdan ayirmoqda
Bor, bor...
Baxtingni top
Qaramagin ortingga!
Bor, bor, bor...
Baxtingni top
Quloq solma qalbingga!
Vido oni kelmoqda
Judo oni kelmoqda
Taqdir meni ustimdan balki atay kulmoqda
Bo'ldi, ko'zing yoshlama, yuragingni g'ashlama
Menga yozgan xatingni yirtgin, aytma, boshlama!

O'zi sezib turibman
Arang kulib turibman
Qo'lingdagi qog'ozni netay, ko'rib turibman
Axir bu taklifnoma baxtimdan qayirmoqda
Shu bir parchagina qog'oz sevgimdan ayirmoqda
Bor, bor...
Baxtingni top
Qaramagin ortingga!
Bor, bor, bor...
Baxtingni top
Quloq solma qalbingga! (x2)



Бошка кушик матнлари:


Sardor Toirov - Baxtingni top
Bahriddin Zuhriddinov - Daryo
Yodgor Mirzajonov - Yuragingni ber
Bojalar guruhi, Shaxri - Zing-zing
Daler - So’nggi iltimos


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты