Shohruxon { Yurak }

Qo'limda qolib ketdi senga olgan atirgul
Gul deya atolmayman so'lib bo'ldi u butkul
Gul mayli so'lib ketar, bir kun to'kilib ketar
Lekin, bechora yurak, unga sen eding kerak!

Sen ketganingdan keyin, ketdi ko'zimdan uyqu
Ne bo'lganida ham, seni sevar edim-ku
Mayli bedorlik o'tar, sevish ham nasib etar
Lekin bechora yurak, unga sen eding kerak!

Kerak, kerak-kerak...
Yurak sensiz chidolmasa kerak
Yurak-yurak o'rnida tinch turolmasa kerak
Ko'nglim sezar bunga u dosh berolmasa kerak
Unga sen eding kerak! (x2)
Kerak... (x4)

Yolg'izlikda kelmaydi ko'zlarimga halovat
Nigohing edi axir yuragimga harorat
Balki, vaqt davo bo'lar, hammasi o'tib ketar
Lekin, bechora kerak, unga sen eding kerak!

Ne deyin yuragimga aytgin u nima qilsin?
Sensiz u qandayin sevib qanday kuylasin?
Jarohati-ku bitar, endi u kimni kutar sho'rlik?
Bechora yurak endi u kimga kerak?

Kerak, kerak-kerak...
Yurak sensiz chidolmasa kerak
Yurak-yurak o'rnida tinch turolmasa kerak
Ko'nglim sezar bunga u dosh berolmasa kerak
Unga sen eding kerak!  (x2)

Kerak... (x4)



Бошка кушик матнлари:


Shohruhxon - Yurak
Shohsanam - Devona qilsin
Shohruhxon - Ey sabo
Kumush Razzoqova - Ketdi-ketdi
Shahzoda - To’kilib


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты