Sardor Rasulov - O’shal paytlarim

Bir xotira qoldi sandan,
Ko`zimda yosh o`sha ondan.
Kunduzi zulmatga cho`kdim,
Qanday xato o`tdi mandan?

Uzoq ketding – ne deyishdi?
Seni kimlar aynitishdi?
Menku qaytmadim so`zimdan,
Bilmadim bu qanday ishdir?!

Menku qaytmadim so`zimdan,
Bilmadim bu qanday ishdir?!

O`shal paytlarim, go`zal paytlarim,
Shunchalar sevgiga mast bo`lgan ekanman.
Xotira bo`ldi go`zal paytlarim,
O`zi man nega seni sevgan ekanman?

Shirin damlar, asal damlar,
Go`zal damlar o`shal damlar.
Eslasam gar, ko`zlarim nam,
Yuragimni ezar g`amlar.

Voz kechib xotiralardan,
Sen kabi zulflari zardan,
Unutish uchun bosh olib,
Ketaman men bu shahardan.

Unutish uchun bosh olib,
Ketaman men bu shahardan.

O`shal paytlarim, go`zal paytlarim,
Shunchalar sevgiga mast bo`lgan ekanman.
Xotira bo`ldi go`zal paytlarim,
O`zi man nega seni sevgan ekanman? (x1+x1)

O`shal paytlarim, go`zal paytlarim…



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Asal Shodieva, Bojalar guruhi, Sardor Rahimxon - Malikam endi qara
Bahrom Nazarov - Xato qildim
Jo'rabek Qodirov - Laylo
Sardor Mamadaliyev - Sen ketding


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты