Ozodbek Nazarbekov - " Mendirman "

Vatan – ona me’rosdir, ota me’rosdir,
Uni jonday asramoq mardlarga xosdir.
Manguberdiman, mangu aytmog`im – rostdir,
Ulug`vor niyatlarga kor qilmas ajal.
Kim yurtidan yovni quvsa, mendirman o`sha!

1-qator:
Vatan uchun ko`ksim tog`, qalqondir sha’nim,
Uni desa shamolday uchqur samanim.
Bor bo`lsam chamanimdir, o`lsam kafanim,
Manguberdilik menga taqdiri azal.
Vatan uchun ko`ksim tog`, qalqondir sha’nim,
Uni desa shamolday uchqur samanim.
Bor bo`lsam chamanimdir, o`lsam kafanim,
Manguberdilik menga taqdiri azal.

Naqorat:
(Kim yurtidan yovni quvsa) mendirman o`sha,
(Kim yurtiga sodiq tursa) mendirman o`sha,
Mendirman o`sha…
(Kim yurtidan yovni quvsa) mendirman o`sha,
(Kim yurtiga sodiq tursa) mendirman o`sha,
Mendirman o`sha…

2-qator:
Yurtim har qarich yeri orimdan ulug`,
Suygan farzandlarimdan, yorimdan ulug`.
Nada or, nada yor, borimdan ulug`,
Ming jondan bu tuproqning har gardi afzal.

(Kim uni ko`zga sursa) mendirman o`sha,
(Kim uni ko`zga sursa) mendirman o`sha,
Mendirman o`sha…

3-qator:
Yovning xushbo`y guli ham alafdir menga,
Yurtim ham go`yo Ka’ba tarafdir menga.
Turon arsloni bo`lmoq sharafdir menga,
Yigit uchun vatan deb yashamoq go`zal.
Yovning xushbo`y guli ham alafdir menga,
Yurtim ham go`yo Ka’ba tarafdir menga.
Turon arsloni bo`lmoq sharafdir menga,
Yigit uchun vatan deb yashamoq go`zal.

Naqorat:
(Kim yurtidan yovni quvsa) mendirman o`sha,
(Kim yurtiga sodiq tursa) mendirman o`sha,
(Kim yurtidan yovni quvsa) mendirman o`sha,
(Kim yurtiga sodiq tursa) mendirman o`sha,
(Kim yurtidan yovni quvsa) mendirman o`sha,
(Kim yurtiga sodiq tursa) mendirman o`sha,
Mendirman o`sha…

4-qator:
Kun keladi, yovlarning bog`i so`lgaydir,
Vatanim hurlik degan baxtga to`lgaydir.
Kun kelar, eng buyuk davlat bo`lgaydir,
Millionlab “Manguberdi” bo`lar u mahal.

Qay ona o`g`il tug`sa, mendirman o`sha,
Qay ona o`g`il tug`sa, mendirman o`sha,
(Kim yurtidan yovni quvsa) mendirman o`sha,
(Kim yurtiga sodiq tursa) mendirman o`sha…
Mendirman o`sha…



Бошка кушик матнлари:


Ozodbek Nazarbekov - Mendirman
Ulug'bek Rahmatullaev - Ota
Janob Rasul - Ming’ir-ming’ir
Leyla - Yor-yor
Shaxriyor - Men uchun vatan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты