Setanho guruhi - Afsus

Hayriyat, o`zing kelar ekansan,
Necha yillarning ko`zgularida,
Lekin bo`ldi kech, shoshilmading hech.

Afsus, endi qaytmaydi sevgi,
Sovugan yurak yonsin,
U damlar unutildi, jonginam, afsus.
Endi qaytmaydi zamon,
Behuda yashar hamon,
Yorilgan dilda armon, jonginam, afsus.

Xatlaring ma’yus, darding oshkora,
So`zlaringda kuz, sensan ovora.
Lekin bo`ldi kech, shoshilmading hech.

Afsus, endi qaytmaydi sevgi,
Sovugan yurak yonsin,
U damlar unutildi, jonginam, afsus.
Endi qaytmaydi zamon,
Behuda yashar hamon,
Yorilgan dilda armon, jonginam, afsus.

Yuragim kechir meni, sevardim axir uni,
Afsus…
Yodimdadir u damlar, beg`ubor o`tgan kunlar.

Jonginam, afsus,
Endi qaytmaydi zamon,
Behuda yashar hamon,
Yorilgan dilda armon, jonginam, afsus.



Бошка кушик матнлари:


Jasur Umirov - Kechir
Islomjon Ergashev - Sevardim
Bojalar guruhi, Shaxri - Zing-zing
Shohruhxon - Kechir
Ulug'bek Rahmatullaev - Meni kechir


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты