Dildora Niyozova - Qo’rqaman, Alloh

Mo`minman deymanu, bilmayman Qur’on,
Qalbimni tark etib qolar goh iymon.
Men qanday, aytgin ey Robbim, musulmon?
Qabr azobidan qo`rqaman, Alloh.

Bosgan qadamimda gunohlar qildim,
O`tkinchi dunyoda o`ynadim, kuldim.
Oxir qiyomatning haqligin bildim,
Qabr azobidan qo`rqaman, Alloh.

Yaxshilik qilmadim, yugurib yelib-yelib,
Qanday yashayapman dunyoga kelib-kelib?
Boraman yoningga tavbalar qilib-qilib,
Qabr azobingdan qo`rqaman, Alloh.

O`zimdan ortmaydi topgan mol-davlat,
Yuribman ko`chada zo`r to`kib savlat.
Bosib borar qalbim kun sayin g`aflat,
Qabr azobidan qo`rqaman, Alloh.

Yolg`on so`zlab qolar til-u zabonim,
G`azabdan qaynaydi gohida qonim.
Tanamni tark etar bo`lsa bu jonim,
Qabr azobidan qo`rqaman, Alloh.

Yaxshilik qilmadim, yugurib yelib-yelib,
Qanday yashayapman dunyoga kelib-kelib?
Boraman yoningga tavbalar qilib-qilib,
Qabr azobingdan qo`rqaman, Alloh.



Бошка кушик матнлари:


Manzura - Tavbalar qildim
Bahrom Nazarov - Xato qildim
Sevara - Dildora
Dilso'z - Aytgin
Jasurbek Rahimov - Otamning davrida


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты