Afruza - Akajon

Surnay unda yig`layapti,
Men bunda zor yig`ladim.
O`lan aytgan o`lanchlar
Desa “yor-yor”, yig`ladim.

Ota uyga sizni tashlab
Ketayapman, akajon.
Endi boshqadir makonim,
Ketmoqdaman, akajon.

Akajon, akajonim,
Rozi bo`ling singlingizdan,
Ota uydan ketmoqdaman zor yig`lab.
Akajon, akajonim,
Rozi bo`ling singlingizdan,
O`zga uyga ketmoqdaman, akajon.

Meni guldek asradingiz
Yomg`irlardan shamoldan,
Yoningizda qo`rqmay yurdim
Har yaxshi, har yomondan.

Bolaligimdan yodgorim,
So`rab turing hol-ahvolim.
Endi boshqadir makonim,
Ketmoqdaman, akajon.

Akajon, akajonim,
Rozi bo`ling singlingizdan,
Ota uydan ketmoqdaman zor yig`lab.
Akajon, akajonim,
Rozi bo`ling singlingizdan,
O`zga uyga ketmoqdaman, akajon.

Oy botadi, tong otadi,
Yillar yilga qo`shilgay.
Umr uzun yoki qisqa,
Yo`llar yo`lga qo`shilgay.

Akasi bor qizlar ayting,
Qayda qaddi egilgay?
Bir begona qo`lni bugun
Tutmoqdaman, akajon.
Duo qiling, lek yig`lamang,
Ketmoqdaman akajon.

Akajon, akajonim,
Rozi bo`ling singlingizdan,
Ota uydan ketmoqdaman zor yig`lab.
Akajon, akajonim,
Rozi bo`ling singlingizdan,
O`zga uyga ketmoqdaman, akajon.

Duo qiling, lek yig`lamang, akajon.



Бошка кушик матнлари:


Leyla - Yor-yor
Adi - Ro’mol
Radius 21 - Друзья Алишера
Nodir Xolboyev - Dada sizni yaxshi ko’raman
Jo'rabek Jo'rayev - Onajonim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты