Gulsanam Mamazoitova - Do’stim

Dardlar yuragimga berolmas azob,
G`amlarga boshimni egib bermayman,
Ezilsam, qo`limdan tutadi shu on,
Bag`riga bosh qo`yib, to`yib yig`layman. (×2)

Xatolar qilsam ham, kechirgan o`sha,
Qo`lidan bol berib, ichirgan o`sha,
Xasta bo`lsam, kelib o`tirgan o`sha,
Nomin eshitsam bo`ldi, yayrayman.

Ayting, kimdan kam-u ko`stim bor meni,
Xudo bergan shunday do`stim bor meni. (×2)

Otamning yo`qligin bildirmagan u,
Hech yerda boshimni egdirmagan u, (x2)
Bu g`arib ko`nglimni sindirmagan u,
Bo`lmasa, bilmadim qandoq yashayman.

Ayting, kimdan kam-u ko`stim bor meni,
Xudo bergan shunday do`stim bor meni.
Ayting, kimdan kam-u ko`stim bor meni,
Xudo bergan shunday akam bor meni.

Unga davlatimmas, sog`ligim kerak,
Yoqimli xabar-u, mehrli yurak. (x2)
So`rasam, indamay jon bersa kerak,
Men ham unga jonim atab yashayman.

Ayting, kimdan kam-u ko`stim bor meni,
Xudo bergan shunday do`stim bor meni.
Ayting, kimdan kam-u ko`stim bor meni,
Xudo bergan shunday Onam bor meni.



Бошка кушик матнлари:


Tohir Mahkamov - Qandoq chiday
Alisher Zokirov - Onam (2019)
Yulduz Usmonova - G’arib
Mango guruhi - Onam qani (Xotira)
Xurshid Rasulov - Adashmasam bas


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты