Muhammadjon qori - Rasululloh keladur

Kel, endi Jabroyil, Arshni supurgil,
Bunda mehmon bo’lgali Rasululloh keladur.

«Mazo — al basar» ko’zlik, «shams va Zuho» yuzlik
Barchadan shirin so’zlik, Rasululloh keladur.

Shamollarga borib aytgin, sayr etishini qo’ysin,
Beadablik qilmasun, Rasululloh keladur.

Daryolarga ham aytgin, mavj urishini qo’ysin,
Oldida soqov tursin, Rasululloh keladur.

Moliklarga borib aytgin, do’zax eshigin yopsin,
Yo’llariga ko’z tutsin, Rasululloh keladur.

G’ilmonlarga ham aytgin, jannat eshigin ochsin,
Boshlariga dur sochsin, Rasululloh keladur.

Azroyilga ham aytgin, jon olishin qo’ysin,
Xizmatda muqim tursin, Rasululloh keladur.

Ufqul maqomga borib yig’lab aytdi Jabroyil:
«Bundan o’tsam, yo Rasul, qanotlarim kuyadur». (x2)

Qiyomat kun bo’lganda yig’ilar barcha banda,
Rasululloh kelganda ummatlari keladur.
Rasululloh kelganda Mashrab quli keladur.

Sharh: Rasululloh (s.a.v.) keladir

Yo Jabroyil alayhissalom, hozirlik ko’ringki, insonlarning sarvari Muhammad Mustafo (s.a.v.) arshi a’lo sari mehmon bo’lgani kelmoqdalar. Basirot ko’zlari kundek ravshan, yuzlari tong shafaqidek pokiza, haliym va so’zlari jozib Rasululloh (s.a.v.) keladilar. Yo Jabroyil alayhissalom do’zax qo’riqchilari maloikalarga ayting: ular ham do’zax eshiklarini yopib, o’z vazifalarini bir dam unutsinlar va Allohning sevimli payg’ambari (s.a.v.) boshlaridan duri gavharlar sochsinlar. G’ilmonlarga aytingki, jannat eshiklarini lang ochsinlar va intizor ko’zlarini ul muborak zot yo’llariga tiksinlarki, bu me’roj tunini yoritib Habibulloh (s.a.v.) kelmoqdalar. Bebosh shamollar ham bir zum sukut ichra qotsinlar. Beadablik qilib, uvillamasinlar. Daryolar shovullab mavjlanishini bas qilsin. Azroil alayhissalom o’zlarining avvalu oxir vazifalari — jon olishidan tiyilib, xizmatda muqim tursinlarki, Rasululloh (s.a.v.) huzuri oliyga kelmoqdalar. Zero, Alloh huzurida hozir bo’lish maloyiklar, insu jins orasida faqat Muhammad alayhissalomgagina nasib etmishdir. Hatto Jabroil alayhissalom kabi buyuk farishta ham Sidratul Muntaho ostonasida “Bundan nari o’tsam, qanotlarim kuyadi”, deya yum — yum yig’laydi. Mahshar kuni jami xaloyiq yig’lagan kuyi u zotga ergashurlarki, devona Mashrab ham shularning biridir.



Бошка кушик матнлари:


Shohruz - Onam aytdi
Shahnoz - Ramazon muborak bo’lsin
Ozodbek Nazarbekov - Yig’larman
Ozodbek Nazarbekov - Keladur
G'ayrat Usmonov - Kuygan baxt


Комментарии 16

Mamurjon
Cfhsmyfdmhfsfxtshfsgf
27 февраля 2022 13:02

xusnoratursunboyeva04
Ma sha Alloh😘😇 Juda ham zór chiqibdi😘
25 марта 2022 08:31

Saida
Zor chiqan omad
14 августа 2022 19:49

Mardon Ali
Go'zal nashid
16 августа 2022 07:19

Latofat
Qoyil gap yuk❤️😘
17 августа 2022 06:47

Наргиза
Аллох рози болсин
7 октября 2022 10:35

Muhammad
Alloh rozi boʻlsin
14 октября 2022 09:41

Gulnoza
Maashallah
17 октября 2022 13:08

Malika
Ma'sha allo lh juda ham chiroyli she'r bo'gan
2 ноября 2022 20:07

Umida
Nashid zor ciqqan Mashaollox olloxim oz panohida asrasin hammani
21 декабря 2022 12:14

Dildora
Ma'sha alloh🌙 Juda zo'r ✨
11 января 2023 00:06

Imomova
Manga judayam yoqdi. Insonni yig'latadihan ekan😚😢👍❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤❤
11 января 2023 21:46

Халима
👍👍👍👍👍👍👍👍👍👍
27 октября 2023 20:15

.
Ma Shaa Alloh
2 ноября 2023 18:31

Abdulloh Allohning quli.
Shoir ozi muslim odammi? Bu kabi sozlari bilan Allohni Qur'ondagi sozlariga xilof qilmoqda. Bu insondan agar ozi tushunmay yozgan bolsa tavba qilib bu sherni butunlay ocirib tashlashini, agar bilib yozgan bolsa avval aqida kitoblaridan Allohning tavhidiga oid mavzularni yaxshilab ozlashtirishini, arsh va farishtalar bobini ham qayta oqib chiqishini sorab qolaman. Alloh hammamizni ozini haq dinida sobit qilsin.
4 ноября 2023 22:11

muslima qiz
Ma Sha Allah. Zo`r chiqibdi omad
26 января 2024 19:08

Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты