Sardor Mamadaliyev - O’g’lim

To`g`rilikka intil, to`g`ri bo`l, o`g`lim,
To`rtta to`g`ri bo`lsa, biri bo`l, o`g`lim.
Oyoqlar ostida toptalma faqat,
Itlarga yo`liqsang, bo`ri bo`l, o`g`lim.

Bu o`rmon dunyoning quyoni bo`lma,
Tulki, qashqiri yo qoploni bo`lma,
Sudralib yurguvchi iloni bo`lma,
Yo`lbars bo`l o`g`lim, sheri bo`l, o`g`lim.

O`g`lim-o`g`lim, sheri bo`l, o`g`lim,
Yo`lbarsi bo`l o`g`lim, sheri bo`l, o`g`lim.
O`g`lim-o`g`lim, bo`ri bo`l o`g`lim,
Itlarga yo`liqsang, bo`ri bo`l, o`g`lim.

Xudoyim dilingga solsin muhabbat,
Ko`zingda porlasin, kulsin muhabbat,
Umringning mash’ali bo`lsin muhabbat,
Bir vafoli qizning yori bo`l, o`g`lim.

Bolamsan, mendan so`ng chirog`imni yoq,
Ko`ngling toza bo`lsin, diling bo`lsin oq.
G`irrom, sotqin bo`lma, bo`lmagin qo`rqoq,
Mard bo`l, nomardlarning sho`ri bo`l o`g`lim.

O`g`lim-o`g`lim, sho`ri bo`l, o`g`lim,
Mard bo`l, nomardlarning sho`ri bo`l o`g`lim.
O`g`lim-o`g`lim, bo`ri bo`l o`g`lim,
Itlarga yo`liqsang, bo`ri bo`l, o`g`lim.



Бошка кушик матнлари:


Ozodbek Nazarbekov - Binafsha
Sevara - Ali
Oybek va Nigora - Otashingda yoq
Ozoda Nursaidova - Bemor qiz nolasi
Shahrizoda guruhi - Uch qiz


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты