Gulsanam Mamazoitova - Farg’onajon

Qo`shiq aytsam, ko`ksimda dog` bordek endi,
Bu dog`imdan gullagan bog` bordek endi.
Bizlar birga tikkan munchoq do`ppimizni
Boshga qo`ysam, u ham boshga tordek endi.
Biz sog`ingan qo`shiqlarni aytaylik yur,
Dugonajon, Farg`onaga qaytaylik yur.
Borib ko`k choy, palov damlab kun botguncha,
Dardlashaylik Farg`onada tong otguncha.

Yulduzlardek to`zib ketdik osmonlarda,
Taqdir deya kuldik o`zga makonlarda,
Balki bizni sog`ingandir Farg`onajon,
Yoshligimiz boy berdik qay zamonlarda?!
O`sma qo`ysam, sen yonimda qiqirlab tur,
Dugonajon, Farg`onaga qaytaylik yur.
Borib ko`k choy, palov damlab kun botguncha,
Dardlashaylik Farg`onada tong otguncha.

Yodingdami bizlar birga yurgan yo`llar?
Yalangoyoq yoshligimiz yurgan yo`llar?
Qadam bossang, orzuyingga yetding deya,
Aldabgina ulg`aytirdi bizni yillar.
Izlab-izlab yoshligimiz topaylik yur,
Dugonajon, Farg`onaga qaytaylik yur.
Borib ko`k choy, palov damlab kun botguncha,
Dardlashaylik Farg`onada tong otguncha…

Hali qadrin bilmay shirin kezlaringni,
Yurganida bezab yoz-u kuzlaringni,
Farg`onajon, jon onajon, yagonajon,
Buncha oson uzatdingga qizlaringni.
Tushlarimda yoshlik yig`lar endi nuqul,
Dugonajon, Farg`onaga qaytaylik yur.
Borib ko`k choy, palov damlab kun botguncha,
Dardlashaylik Farg`onada tong otguncha…



Бошка кушик матнлари:


Sherali Jo'rayev - Do’st bo’lsang yonimda tur
Mango guruhi - Maysara
Zafarbek Qurbonboyev - Mandek
Sherali Jo'rayev - Ketma bahor
Sevara Nazarkhan - Yur muhabbat


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты