Gulsanam Mamazoitova - Dilozor

Bog`dagi qizil atirgul tikani kirdi qo`limga,
Tikani kirdi qo`limga.
Dildagi men sevgan bir ul dilini bermay dilimga,
Xazonlar sochdi yo`limga.

Ishq degan nahotki bozor?
Ishq yo`li nahot tikonzor?
Jafolar men uchun bisyor,
Vafoing qani, dilozor?

Naqorat:
Ozor-dilozor, bunchalar ozor,
Ozor-dilozor, dilim senga zor.
Dilozor, bunchalar ozor,
Ozor-dilozor, dilim senga zor.

Kunduz-kechalar yurakda bir g`am,
Nechalar ezar bu alam, vafo qil, dilozorginam.
Atirgul barglari – yuragim dardlari,
Ko`z yoshim undagi shabnam.

Ishq degan nahotki bozor?
Ishq yo`li nahot tikonzor?
Jafolar men uchun bisyor,
Vafoing qani, dilozor?

Naqorat:
Ozor-dilozor, bunchalar ozor,
Ozor-dilozor, dilim senga zor.
Dilozor, bunchalar ozor,
Ozor-dilozor, dilim senga zor.

Dilozor, bunchalar ozor,
Ozor-dilozor, dilim senga zor.
Dilozor, bunchalar ozor, ozor… (x2)



Бошка кушик матнлари:


Gulsanam Mamazoitova - Dilozor
Ulug'bek Rahmatullaev - Oydin kechalar
Ozoda Nursaidova - Alam
Munisa Rizayeva - Gulg’uncha
Mahmud Namozov - Alamo


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты