Ozodbek Nazarbekov - Lola

Lola, lola, haaa...

Xating aro uzoring sabza ichinda lola,
Ul chashmi purxumoring loladag'i g'azola.
Barcha parilar, ey jon, girdingda zoru hayron,
Go'yo erur namoyon oy tegrasida hola.
Barcha parilar, ey jon, girdingda zoru hayron,
Go'yo erur namoyon oy tegrasida hola.

Lola, lola, haaa...

Mehru vafoni, ey yor, ko'p ko'rdi sendin ag'yor,
Jabru jafoni bisyor qilding manga havola.
Mehru vafoni, ey yor, ko'p ko'rdi sendin ag'yor,
Jabru jafoni bisyor qilding manga havola.

Hajringda, ey pariro', ko'zumdin uchti uyqu,
Har kecha tongg'a tegru ishimdur ohu nola.
Hajringda, ey pariro', ko'zumdin uchti uyqu,
Har kecha tongg'a tegru ishimdur ohu nola.

Lola, lola, haaa..

Yuz safhasinda xatlar yoshdinki, har taraf bor, har taraf bor,
Ishqingda Bobur aylar bu nam yuz risola.
Barcha parilar, ey jon, girdingda zoru hayron,
Go'yo erur namoyon oy tegrasida hola.
Barcha parilar, ey jon, girdingda zoru hayron,
Go'yo erur namoyon oy tegrasida hola.

Lola, lola, haaa...



Бошка кушик матнлари:


Ozodbek Nazarbekov - Lola
Mahmud Namozov - Ohu-voh
Ozodbek Nazarbekov - Tishing dur
Nuriddin Hamroqulov - Yonardi shirin jonim
Faxriddin Umarov - Xayol


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты