Imron - To'y bo'ladi

Uchradi manga o'sha qiz yana
Yuragim etdi unga jiz yana
Xuddi siz xohlaganingizdek, ona
Bo'lasiz endi qaynona

Buni sevgi deydilar hoyna-hoy
Bu o'sha yomon qizda, yoqimtoy
Voy, otasin bitta qizi, erkatoy
Go'yoki osmondagi oy

Naqorat:
Tez kunda to'y bo'ladi
Bu kunlar yaqin – yuragim sezadi
To'yimga Sherali, Yulduz keladi
Siz duolar qiling, ona
Tez kunda to'y bo'ladi
Uyimizga yana mehmon to'ladi
To'yimizda hamma o'ynab-kuladi
Siz duolar qiling, ota

Bilaman, bu bir taqdiri azal –
Uchrashi menga o'sha bir go'zal
O'sha qiz hayotimni qildi hal
O'zidan so'zlari asal

Gaplarim bo'lib ketdi poyma-poy
Yonimga tushdi go'yo to'lin oy
Voy-voy, yuragida olib bo'ldi sevgi joy
Qaydasan, ey "Yakkasaroy"?

Naqorat:

Tez kunda to'y bo'ladi
Bu kunlar yaqin – yuragim sezadi
To'yimga Sherali, Yulduz keladi
Siz duolar qiling, ona
Tez kunda to'y bo'ladi
Uyimizga yana mehmon to'ladi
To'yimizda hamma o'ynab-kuladi
Siz duolar qiling, ota (x2)



Бошка кушик матнлари:


Imron - To’y bo’ladi
Beyonce - Halo
Mansurxon Nurmatov - Voy-voy
Kumush Razzoqova - Ketdi-ketdi
Begzod Ismoilov - Zo’r qiz ekan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты