MANGO - Sensiz gulim

Yolg`iz qoldim qorong`u bu zulmat xona,
Dardlarimga sherik bo`ldi faqat xona.
Endi shafqat kutmasman hech do`stimdan ham,
Sen ham tashlab ketmoqdasan mani.

Mayli, ko`nay bu hayotning azobiga,
Qoqilsam gar bu alamlar girdobiga.
Qolib ketay yolg`onlaring sarobiga,
Bir bor meni o`yladingmi, gulim?

Sensiz-sensiz kunim, o`tar har bir tunim,
Charchab ketdim gulim, qiynalmoqda dilim.
Sensiz-sensiz kunim, o`tar har bir tunim,
Charchab ketdim, charchab ketdim…

Sensiz-sensiz kunim, o`tar har bir tunim,
Charchab ketdim gulim, qiynalmoqda dilim.
Sensiz-sensiz kunim, o`tar har bir tunim,
Charchab ketdim, charchab ketdim…

Kechdingmi ayt, nima sabab?
Ketgan kuningdan boshlandi,
Yurakda bor davosi yo`q bir dard.
Alam, so`nggi payt tinmasdan seni o`ylar edim,

Sen esa o`ylamasdan qilding xiyonat, nega ayt?
Sen esa bahonalar qilar eding,
Qilmadim deb sizga xiyonat,
Yo`q, eshitmayman, bo`ldi hammasi tamom.

Axir mendan kechib nimalarga erishmoqchi bo`lding, ayt?
Gap boylikda bo`lsa agar, qancha kerak senga, ayt?
Qilmishlaring juda og`ir, kulaymi yo yig`laymi?
Bu yolg`on dunyodan ketaymi yo qolaymi?

Ha, gapir, nega jimsan, ayt?
Eh, qilib xiyonat, endi kimsan, ayt?
Yoki men ham senday soxta oshiq bo`laymi?
Muhabbatimni har kun pulga chaqib sotaymi?

Va’dalari yolg`onchi yor, aldading-ey,
Dilim ezib, hijronlarga tashlading-ey.
Seni sevdim o`zgani hech sevmasdan-ey,
Nahot, meni o`ylamading, aytgin gulim?

Endi men kimni sevib, kimni bilay?
Dardlarimni kimga aytay, kimga yig`lay?
Va’da berib, va’dangga sen vafo qilmay,
O`lgan sevgimizni, aytgin, qayga ko`may?

Sensiz-sensiz kunim, o`tar har bir tunim,
Charchab ketdim gulim, qiynalmoqda dilim.
Sensiz-sensiz kunim, o`tar har bir tunim,
Charchab ketdim, charchab ketdim…

Sensiz-sensiz kunim, o`tar har bir tunim,
Charchab ketdim gulim, qiynalmoqda dilim.
Sensiz-sensiz kunim, o`tar har bir tunim,
Charchab ketdim, charchab ketdim…



Бошка кушик матнлари:


Mango guruhi - Sensiz gulim
Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
Jahongir Otajonov - Mayli
Ummon - Ana endi yig’la
Mansurxon Nurmatov - Olib ketay


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты