Shahzoda - Sog'inib

Qani endi yonimda bo'lsa
Menga yana jilmayib kulsa
Qani endi bir daqiqaga
Sog'inchimni bartaraf qilsa

Umidimni so'ndirolmayman
Haligacha voz kecholmayman
Nega, nega, aytgin menga?

Sog'inchlarim bo'ldi bir dunyo
O'ngimda emasman men go'yo
Xayollar og'ushida tunlar
Faqat sen haqingdadir o'ylar

Endi seni qaytarolmayman
Sog'inchimni ayta olmayman
Nega, nega, nega?

Sog'inib, sog'inib...
Kechalari kuy bilan ovunib
Yoninga men talpinib
Onda-sonda eslayman kulib
Unuta olmadim
Ne qilayin voz kecholmadim?
Sevgilim...
Sevgilim...  (x2)

Hammasiga balki vaqt davo
Lekin qachon bilmayman, ammo
Balki yuragim ham o'rganar
Sensizlikka hayot o'rgatar

Shunday umidlarda yashayman
Lekin, qachongacha bilmayman
Nega, nega, aytgin menga?

Senga yomonlik tilamaymam
Faqatgina baxting so'rayman
Bugun bo'lmasa ham ertaga
Sensizlikka ko'nib yashayman

O'zimda ham kuch toparman
Balki bir kun unutarman
Nega, nega, nega?

Sog'inib, sog'inib...
Kechalari kuy bilan ovunib
Yoninga men talpinib
Onda-sonda eslayman kulib
Unuta olmadim
Ne qilayin voz kecholmadim?
Sevgilim...
Sevgilim...  (x2)



Бошка кушик матнлари:


Shahzoda - Sog’inib
Shahzoda, Shohruhxon - Unutolmadim
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi
Ummon - Yana, yana
Lola - Qachon


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты