Dildora Niyozova - Ramazon muborak

Bizlardan ko`p salom bo`lsin Yaratganga,
Shu kungacha qiblam tomon qaratganga.
Suyukli Habibi – Rasuli Akramga,
Ramazon muborak, Ramazon.

Ey do`st-u azizim, ey qadrdonim,
Jigarim, yaqinim, o mehribonim.
Duogo`y otam-u jon onajonim,
Ramazon muborak, Ramazon.

O`rtadagi ginalarni o`chiring,
Mendan xato o`tgan bo`lsa kechiring.
Shu kunlarga yetdik axir, sevining,
Ramazon muborak, Ramazon.

Sizni sevdim, Allohimga sig`indim,
Shu kunlarga yetkaz deya yalindim.
Va kuy yozdim, uni sizga ilindim,
Ramazon muborak, Ramazon. (x2)

Ey do`st-u azizim, ey qadrdonim,
Jigarim, yaqinim, o mehribonim.
Duogo`y otam-u jon onajonim,
Ramazon muborak, Ramazon.

O`rtadagi ginalarni o`chiring,
Mendan xato o`tgan bo`lsa kechiring.
Shu kunlarga yetdik axir, sevining,
Ramazon muborak, Ramazon. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Shahzoda - Habibi
Clon - Habibi танец живота
Shohjahon Jo'raev - Ramazon, xush kelding
Abdulaziz Qori, Doston Ubaydullaev, Sardor Rahimxon - Bayram Ramazon (Ramazon tuhfasi)
Rayhon - Habibi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты