Yulduz Usmonova - G’animat

Kecha kulib yurgan do`stlarim,
Hatto meni suymas dushmanim,
Yetar bo`ldi, xasta bo`lmanglar,
Yuraklarni dog`lab o`lmanglar.

Kecha kulib yurgan do`stlarim,
Hatto meni suymas dushmanlarim,
Yetar bo`ldi, xasta bo`lmanglar,
Yuraklarni dog`lab o`lmanglar.

Kimdan qolmabdiki bu dunyo?
Sen-u mendan qolmasin dunyo.
Haqiqatdan bilmadikmi yo?
Borligimiz o`zi bir dunyo.

Kimdan qolmabdiki bu dunyo?
Sen-u mendan qolmasin dunyo.
Haqiqatdan unutdikmi yo?
Borligimiz o`zi bir dunyo.

Kulib turgan shahlo ko`zlar,
Urib turgan yuraklar,
Go`zalgina bu dunyo
Asli g`animat. (x2)

Haq o`limni inkor etmayman,
Allohimga isyon qilmayman,
Durday tishlar kabi terilib,
To`kilganda yoshim tutmayman. (x2)

Kimdan qolmabdiki bu dunyo?
Sen-u mendan qolmasin dunyo.
Haqiqatdan unutdikmi yo?
Borligimiz o`zi bir dunyo. (x2)

Kulib turgan shahlo ko`zlar,
Urib turgan yuraklar,
Go`zalgina bu dunyo
Asli g`animat.

Kulib turgan shahlo ko`zlar,
Urib turgan issiq yuraklar,
Jajjigina bu go`zal dunyo
Asli g`animat.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi, Rayhon - Hayron bo’lmanglar
Ummon - Eslab qol
Sardor Rahimxon - Do’stlarim
Otabek Mutalxo'jaev - Bahorlar go’zal
Og'abek Sobirov - Dog’iman


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты