Abdulla Qurbonov - Ya Rasululloh

Siz bashar farzandi, Abdulloh oʻgʻli,
Arab sahrosidek otashin, choʻgʻli,
Paygʻambar boʻldingiz, muzaffar tugʻli,
Assalomu alayka, yo Muhammad,
Assalomu alayka, yo Ahmad.

Yo, Alloh Rasuli, tengi yoʻq Inson,
Sizning yoʻlingizni yoritgay Qurʼon,
Siz — Olam sarvari, Siz — nuri jahon,
Assalomu alayka, yo Muhammad,
Assalomu alayka, yo Ahmad.

Qiyomat ayyomi, Mahshar ayyomi,
Sizga nasib etsin Mahmud maqomi.
Mudom tilingizda ummatlar nomi,
Assalomu alayka, yo Muhammad,
Assalomu alayka, yo Ahmad.

Sizning murodingiz hidoyat erur,
Shoʻrlik bandalarga inoyat erur,
Sizga ummat boʻlmoq saodat erur,
Assalomu alayka, yo Muhammad,
Assalomu alayka, yo Ahmad.

Dunyoda yaxshilar koʻp boriga shukur,
Ular bor, yogʻilar zamin uzra nur.
Ummatsiz yoʻq sizga halovat, huzur,
Assalomu alayka, yo Muhammad,
Assalomu alayka, yo Ahmad.

Keldim ziyoratga, ozurda jonman,
Ranju balolardan toʻygan insonman.
Sizning poyingizda gardman, toʻzonman,
Assalomu alayka, yo Muhammad,
Assalomu alayka, yo Ahmad.

Haq deb, nina bilan togʻlarni qazdim,
Bandaman, rost yoʻldan gohida ozdim. (x2)
Tavbamning izhori, shu sheʼrni yozdim,
Assalomu alayka, yo Mustafo,
Assalomu alayka, yo Muhammad,
Assalomu alayka, ya Rasululloh
Sallollohu alayhi vasallam.



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - Shukur
Abdulla Qurbonov, Yalla ansambli - Abdulla
Muhammadjon qori - Rasululloh keladur
Shahrizoda guruhi - Amira
Botir Qodirov - Assalom


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты