Sardor Toirov - Ona qizim

Borliging baxtdan darak,
Quvnasang yayrar yurak. (x2)
Bu dunyo shodligi bir tomon,
Men uchun kulging bo`lak. (x2)

Oy mani ona qizim,
Voy mahmadona qizim, ona qizim.
So`zlari shirin so`zim,
Yuzlari xuddi o`zim, ona qizim. (x2)

Nigohlari jayronim,
Jannatdan bir rayhonim.
Baxtingni ko`rsam, qizim,
Yo`qdir zarra armonim. (x2)

Oy mani ona qizim,
Voy mahmadona qizim, ona qizim.
So`zlari shirin so`zim,
Yuzlari xuddi o`zim, ona qizim. (x2)

Xonadonim erkasi,
Uyimiz malikasi. (x2)
Qo`ling tegsa tog` bo`lar, oy qizim,
Dadajoning yelkasi. (x2)

Oy mani ona qizim,
Voy mahmadona qizim, ona qizim.
So`zlari shirin so`zim,
Yuzlari xuddi o`zim, ona qizim. (x2)

So`zlari shirin so`zim,
Yuzlari xuddi o`zim, ona qizim.



Бошка кушик матнлари:


Mansurxon Nurmatov - Voy-voy
Alisher Fayz - Voy-voy
Rayhon - Borliging
Farrux Xamraev - Jonim bolam
Isoqjon Jo'raxonov - Jon qizim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты