Jamshid Isakhadjaev, Shohrux (Ummon) - Ramazon

Muhammadsiz ko`ngillar xira,
Yo`l bermasa, topolmam chora.
Yozul Jalol, tavbamga qara,
Ramazonga yetganim haqqi.

Volidamning aybini o`chir,
Padarimning gunohin kechir.
O`zing rahmat sharobin ichir,
Ramazonga yetganim haqqi.

Ramazon keldi, Ramazon keldi, Ramazon,
Ko`ngillarga to`ldirib iymon.
Ramazon keldi, Ramazon keldi, Ramazon,
Ko`ngillarga to`ldirib iymon.

Nomahramdan bo`lgin ko`zimni,
Yolg`onlardan asra so`zimni.
Hisob qilay toki o`zimni,
Ramazonga yetganim haqqi.

Oson qilgin sabr kechasin,
Armon qilma Qadr kechasin.
Borsam nur qil qabr kechasin,
Ramazonga yetganim haqqi.

Ramazon keldi, Ramazon keldi, Ramazon,
Ko`ngillarga to`ldirib iymon.
Ramazon keldi, Ramazon keldi, Ramazon,
Ko`ngillarga to`ldirib iymon.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi - Jamshid
Shohjahon Jo'raev - Ramazon, xush kelding
Abdulaziz Qori, Doston Ubaydullaev, Sardor Rahimxon - Bayram Ramazon (Ramazon tuhfasi)
Bojalar guruhi - Anjir
Ulug'bek Rahmatullaev - Onajonim rahmat


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты