Navro'z Sobirov - Getdingiz (Navro’z kelib)

Rahmatim cheksiz mani,
Jonim, kamola yetdingiz.
Shul bugun yal-yal yonib,
18 yoshdan o`tdingiz.

Sevgi bog`innan mani
Ko`nglim qushini tutdingiz, (x2)
Xush olib, maftun qilib,
Holim parishon etdingiz.
Gulbadan, Navro`z galib,
Erkam, yomona getdingiz. (x2)

Gurkirab tillo zamin uzra,
Ko`katlar undirar.
Yayrashib, chaqchaqlashib,
Gulzora qushlar qo`ndirar.

Ham kiyib bargin libos,
Bog`lar, chamanlar kuldilar. (x2)
Nozlanib bo`ston aro,
Holim parishon etdingiz.
Gulbadan, Navro`z galib,
Erkam, yomona getdingiz. (x2)

Har taraf labdin sochib
Bir boshqacha isteh zabon,
18 yoshla birla qutlab,
Bo`y taratdi xush navo.

Keng ochibdur sizga bag`rin
Navbahorim, marhabo. (x2)
Go`zlarim yondi go`rib,
Holim parishon etdingiz.
Gulbadan, Navro`z galib,
Erkam, yomona getdingiz. (x2)

Hayrat ichra qoldilar
Ag`yor degan ming nechasi,
Endi ul sumbulalarning
Kunduzi ham kechasi.

Sevgingiz birla ushaldi
Oshiq Erkin rejasi, (x2)
Zo`r qilib himmatni siz,
Hay hammani lol etdingiz.
Gulbadan, Navro`z galib,
Erkam, yomona getdingiz.

Nozlanib bo`ston aro,
Holim parishon etdingiz.
Gulbadan, Navro`z galib,
Erkam, yomona getdingiz. {x2}



Бошка кушик матнлари:


Hosila Rahimova - Hay-haya
Leyla - Yor-yor
SanJay - Gulbadan
Eldido guruhi - Hay yor-yor
Sherali Jo'rayev - Gulbadan


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты