Ulug'bek Rahmatullaev - Allohga hamd-u sano ayting

Sajdaga bosh qo`ying, tiz cho`king,
Allohga sano ayting, undan qo`rqing.
Savobga yo`l toping, gunoh to`king,
Allohga sano ayting.

G`iybatga quloq bermang, yiroq keting,
Savlatga ko`p kerilmang, og`ir bo`ling.
Jannatga yo`l toping, gunoh to`king,
Allohga hamd-u sano ayting,
Allohga hamd-u sanolar ayting.

La Ilaha Illalloh,
Muhammadur Rasululloh. (x4)

Xatolar qilsag-u tavba qilmasak,
Yaxshilik qadrini aslo bilmasak,
Uyalmay aytamiz insonmiz deya,
Ayting, na issiq, na sovuqqa ko`namiz.

Umr daryo kabi oqib o`tmoqda,
Kimdirlar bir-birin boshiga yetmoqda.
Bizni u dunyoda nelar kutmoqda,
Ollohga faqat hamd-u sanolar ayting,
Allohga hamd-u sanolar ayting.

La Ilaha Illalloh,
Muhammadur Rasululloh. (x4)



Бошка кушик матнлари:


Bahriddin Zuhriddinov - Daryo
Davron Ergashev - Nelar desam
Jahongir Otajonov, Ali Otajonov - Zikr
Yulduz Turdiyeva - Tavba
Faxriddin Umarov - Umr o’tmoqda


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты