Hamdam Sobirov & Ziyoda - Yurak

Hayotim go`yoki kulgili bir manzara,
Insonmiz, hayvondan farqimiz yo`q, bir qara.
Yashayman bemalol, foydamdan zararim ko`p,
Aqlim yetmagan ishga nechun ayt talabim ko`p?

Chiqolmasam cho`qqiga, osilmoqlik ne kerak?
Tosh otib ayt birovga, gunoh botib ne kerak?
O`ylama, sen o`ylagandek bo`lmaydi hech nima,
Jazosiz qolmaysan orttirib ham bir nima.

Yig`lasam, yupatmadingku,
Baxt yo`lidan olib bormadingku.
Qo`limdan yetaklab, gullar berib,
Men seni sevaman, deb aytmadingku.

Naqorat:
Zanjirlangan bu yurak urar,
Nega meni tushunmaydilar?
Sevmadilar, men sevdim,
Bir yo`qlab qo`ymaydilar. (x2)

Mana-mana, mana endi hafsala ortar,
Tanadagi jon bo`g`zimdan tortar.
Yuguraman-o osmondan uzoq,
Manzili yo`q bu qasddan tuzoq.

Har kuni pullar, gullar,
Yonidagi dumlar, qaramay yo`q ortiga zimdan.
Maishatning oxiri yo`qdir.
Maqsadi bor, lek foydasi yo`qdir.

Yaralangan dillar bo`ldi,
Kimlar yig`lab, kimlar kuldi.
Oradan ko`p vaqtlar o`tmay,
Bir-biridan zo`r, ustun bo`ldi.

Kishanga solindi qo`llar,
Qani endi orqaga qaytarib bo`lsa.
G`aflat, pullar – kullar, kimlar, zo`rlar,
Endi yordam bermadi pullar.

Yig`lasam, yupatmadingku,
Baxt yo`lidan olib bormadingku.
Qo`limdan yetaklab, gullar berib,
Men seni sevaman, deb aytmadingku.

Naqorat:
Zanjirlangan bu yurak urar,
Nega meni tushunmaydilar?
Sevmadilar, men sevdim,
Bir yo`qlab qo`ymaydilar. (x2)

Yig`lasam, yupatmadingku,
Baxt yo`lidan olib bormadingku.
Qo`limdan yetaklab, gullar berib,
Men seni sevaman, deb aytmadingku.



Бошка кушик матнлари:


Ziyoda, Xamdam Sobirov - Yurak
Fazo - Yuguraman
Radio guruhi - Talabim
Alisher Ro'zmetov - Nechun sevdim
Hojiakbar Haydarov - Bo’ldi-bo’ldi


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты