Sardor Tairov - Sevmasam

Taqdirimga bitmagan yor, eding yarim bo'lagim
Axir ko'zlaringni takror ko'rmoq edi tilagim
Seni yana bir bor ko'rib, ezildi-ya yuragim
Yuragim, yuragim

Ko'rdim-u ammo ne qilay, bordir yoningda yoring?
Band etganda endi o'sha sening fikr-u xayoling
Umidimga qo'ydi nuqta sening ushbu qaroring
Qaroring, qaroring

Naqorat:
Sevmasam bo'lmasmidi, suymasam bo'lmasmidi?
Ko'rmasam bo'lmasmidi, ko'rmasam?
Balki dil yonmasmidi, og'rinib qolmasmidi?
O'zidan tonmasmidi sevmasam? (x2)

Baxt o'rniga armonlarni tashlab ketding
Visolgamas hijronlarga boshlab ketding
Yuragimni parcha-parcha g'ashlab ketding
Nishlab ketding

Ayb o'zimda, kerakmasdi sevmasligim, sevmasligim
Sevgini deb jonni o'tga, suvga hadeb urmasligim
Kerak edi, kerak edi sevgini hech bilmasligim
Bilmasligim, bilmasligim

Naqorat:
Sevmasam bo'lmasmidi, suymasam bo'lmasmidi
Ko'rmasam bo'lmasmidi, ko'rmasam?
Balki dil yonmasmidi, og'rinib qolmasmidi
O'zidan tonmasmidi sevmasam? (x2)



Бошка кушик матнлари:


Sardor Toirov - Sevmasam
Shahzod Murodov - Onam xirom etganda
Sultonposhsha O’dayeva - Ko’rmasam bo’lmasmidi
Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Leyla - Yor-yor


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты