Qilichbek Madaliyev - Shahnozaxon ketdilar

Yolg`onini rost qilib, niyatiga yetdilar,
Araz qilib, noz qilib, Shahnozaxon ketdilar. (x2)
Hay-hay dedim izidan, qaytmadilar so`zidan,
Yosh yumalab ko`zidan, Shahnozaxon ketdilar. (x2)

Ketdilar, oh ketdilar, niyatiga yetdilar,
Araz qilib, noz qilib, Shahnozaxon ketdilar. (x2)

To`ldirib arz daftarin, tushunmadim ta’blarin,
Cho`chchaytirib lablarin, Shahnozaxon ketdilar.
Qadrim bilib qo`ysin deb, yana qattiq suysin deb,
Besh-olti kun kutsin deb, Shahnozaxon ketdilar.

Sabrim sinab tolmadi, gapga quloq solmadi,
Arazlashib tolmadi, Shahnozaxon ketdilar.
Kechay dedim jonimdan, yolg`iz qolgan onimdan,
Shundoqqina yonimdan Shahnozaxon ketdilar.

Ketdilar, oh ketdilar, niyatiga yetdilar,
Araz qilib, noz qilib, Shahnozaxon ketdilar. (x2)

Soyamdan ham rashki bor, rashkining ham gashti bor,
Qaytmaydigan shashti bor, Shahnozaxon ketdilar.
Tinglamasdan ohimni, qulatib dil tog`imni,
Huvillatib bog`imni, Shahnozaxon ketdilar.

Hay-hay dedim izidan, qaytmadilar so`zidan,
Yosh yumalab ko`zidan, Shahnozaxon ketdilar. (x2)

Ketdilar, oh ketdilar, niyatiga yetdilar,
Jahlingizdan tushsangiz, qaytaman deb aytdilar.
Ketdilar, oh ketdilar, niyatiga yetdilar,
Jahlingizdan tushsangiz, qaytaman deb ketdilar.



Бошка кушик матнлари:


Bojalar guruhi, Ulug'bek Rahmatullaev - Yumalab-yumalab
Farrux Raimov - Ketmoqdaman
Bojalar guruhi - Yigirma yosh
Jo'rabek Qodirov - Rashk
Hosila Rahimova - Cho’pon ota


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты