Sardor Rahimxon - Xayr, mohi Ramazon!

Ketishi aniqdir kelgan har mehmon,
Sening ketishingdan dilginam vayron.
Senga jonim qurbon, senga jon qurbon,
Xayr, oylar sultoni Mohi Ramazon!

Ming oydan afzalroq Ramazon oyim,
Rizq va nasibaga, iymonga boyim.
Seni sog`inaman o`ylasam doim,
Xayr, oylar sultoni Mohi Ramazon!

Ko`zimdan yoshlarim o`rmalab bir-bir,
Hali ketmasingdan kuyadi bag`ir.
Sen-men xayrlashish og`irdan og`ir,
Xayr, oylar sultoni Mohi Ramazon!

Qancha-qancha dilga soldingku orom,
Ko`rsatib bizlarga e’zoz, ehtirom.
Yaxshilik, toatga qilgan eding rom,
Xayr, oylar sultoni Mohi Ramazon!

Bir yilda bir bora yo`qlagan oyim,
Qorinmas, ko`nglimni to`qlagan oyim.
Ko`rish nasib etsin yana, iloyim,
Xayr, oylar sultoni Mohi Ramazon!

Qancha sinovlarga qildirding bardosh,
Qancha dardlarimga bo`ldingku darddosh,
Seni kuzatarda ko`zim to`la yosh,
Xayr, oylar sultoni Mohi Ramazon!

Yashnadi qurigan ko`ngil bog`lari,
Qolmadi yurakning sariq dog`lari,
Dunyo muhabbatga to`lgan chog`lari,
Xayr, oylar sultoni Mohi Ramazon!

Gunohlar to`kildi xazon bargiday,
Tutgandik ro`zani bir kun qoldirmay.
Qanday sog`inmayin, qanday yig`lamay,
Xayr, oylar sultoni Mohi Ramazon!

Saharlik sururin kim topib berar?
Iftorlik huzurin kim topib berar?
Har oyda sen bilan ko`rishgim kelar,
Xayr, oylar sultoni Mohi Ramazon!

Nabiyning ming bora mehri toshgan oy,
Yetim, miskinlarga mehri jo`shgan oy,
Muhabbat ustiga mehr qo`shgan oy,
Xayr, oylar sultoni Mohi Ramazon!



Бошка кушик матнлари:


Abdulaziz Qori, Doston Ubaydullaev, Sardor Rahimxon - Bayram Ramazon (Ramazon tuhfasi)
Oybek Xolmedov - Mohi Ramazon
Shohjahon Jo'raev - Ramazon, xush kelding
Budur - Sog’inaman
G'ulomjon Yoqubov - O’ylasam


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты