Jo'rabek - Yana gullar

Biz ko`rishgan bog`ni bezab ochildi gullar,
Lekin u bog`larga bugun begona bizlar.
Bu go`zallik esga solib ilk xotiralar,
Sen uchun uzilgan o`sha nafis oq atirgullar.

Sevishganlar aylanar, naqadar baxtli,
Havas bilan boqsamda, dilim alamli.
Qayg`uli, qayg`uli,
Baxtli kunlarimiz endi armonli.

Yana gullar eslatar seni,
Yana gullar eslatar seni menga.
Yana gullar, oq atirgullar,
Eslatar seni, eslatar meni senga. (x2)

Aylanaman bog`larni men bugun sensiz,
Sen topibsan baxtingni, men esa yolg`iz.
Ohlarim, ohlarim,
Nahot, shuncha ko`pmidi gunohlarim?

Mayli, qayda bo`lsang ham, baxtli bo`l gulim,
Seni ravo ko`rmadi nechun taqdirim?
Orzuyim yo`q endi,
Baxtimizni armonlar ayirdi.

Yana gullar eslatar seni,
Yana gullar eslatar seni menga.
Yana gullar, oq atirgullar,
Eslatar seni, eslatar meni senga. (x2)

Yomg`irlarga ismimizni yozar edik, esingdami?
Shamollar ham sevgimizni kuylar edi, shamollar ham.

Yana gullar eslatar seni,
Yana gullar eslatar seni menga.
Yana gullar, oq atirgullar,
Eslatar seni, eslatar meni senga. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Farrux Xamraev - Esingdami
Dj Piligrim, Nilufar - Dilim
Shoira Otabekova - Alamli
Umida Mirhamidova - Oq atirgullar
Gulsanam Mamazoitova - Esingdami


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты