Shahnoza Otaboyeva - Ramazon

Sen sabab tiyildi yolg`on so`zlar ham,
Nomahramdan qochar bo`ldi ko`zlar ham,
Ibodatda sergak turdik bizlar ham,
Yana yo`qlab keldi bizni Ramazon.

Hayr-u sahovatlar ulashib takror,
Yaxshilik yo`lida kurashib takror,
Eng ezgu niyatlar tilashib takror,
Yana yo`qlab keldi bizni Ramazon. {x2}

Nomingni ulug` deb bilmaylik nechun?
Har bergan ne’mating ezgulik uchun.
Hamisha ko`rsatib sof Islom kuchin,
Yana yo`qlab keldi bizni Ramazon.

O`zing oylar ichra ulug`, tanhosan,
Daholardan o`tar buyuk dahosan,
Fursat o`tganda ham takror-takrorsan,
Yana yo`qlab keldi bizni Ramazon. {x2}

Qalbda qolar bo`ldi mehringdan izlar,
Yil bo`yi yurak chin nomingni so`zlar.
Vafot etmay tursak agarda bizlar,
Yana yo`qlab kelgin bizni Ramazon.

Jannatga savobdan qo`rg`on quramiz,
Shu sabab hamisha duo qilamiz.
Nasib qilsa seni yana kutamiz,
Yana yo`qlab kelgin bizni Ramazon. {x2}



Бошка кушик матнлари:


Shoxrux - Hayr bevafo
Shohjahon Jo'raev - Ramazon, xush kelding
Abdulaziz Qori, Doston Ubaydullaev, Sardor Rahimxon - Bayram Ramazon (Ramazon tuhfasi)
Oybek Xolmedov - Mohi Ramazon
Sardor Rahimxon - Xayr, mohi Ramazon!


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты