Yodgor Mirzajonov - Ramazon

Umr shoshqin daryo ekan, soy ekan,
Bu oy Qurʼon nozil boʻlgan oy ekan, (x2)
Roʻza tutgan zot iymonga boy ekan,
Alloh, Alloh, Alloh, Alloh!

Moʻmin musulmonlar, roʻza muborak,
Qabul qilsin SubhonAlloh taborak. (x2)

Roʻza bizga yordam qoʻlin uzatmish,
Dunyo elin axloqini tuzatmish. (x2)
Rasululloh yigʻlab uni kuzatmish,
Alloh, Alloh, Alloh, Alloh!

Moʻmin musulmonlar, roʻza muborak,
Qabul qilsin SubhonAlloh taborak. (x2)

Boʻlsang choʻlda, xoh dalada, adirda,
Uxlab yotma sen Laylatul Qadrda.
Hatto bu kun ruhlar yotmas qabrda,
Moʻmin musulmonlar, roʻza muborak.

Oʻtganlarning ruhini shod etaylik,
Bu dunyodan iymon bilan ketaylik, (x2)
Mangu huzur-halovatga yetaylik,
Alloh, Alloh, Alloh, Alloh!

Moʻmin musulmonlar, roʻza muborak,
Qabul qilsin SubhonAlloh taborak. (x4)



Бошка кушик матнлари:


Abdulaziz Qori, Doston Ubaydullaev, Sardor Rahimxon - Bayram Ramazon (Ramazon tuhfasi)
Shohjahon Jo'raev - Ramazon, xush kelding
Oybek Xolmedov - Mohi Ramazon
Ortiq Otajonov - Xoh inon
Nola guruhi - Xoh inon, xoh inonma


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты