Azizbek Hamidov - Muhabbati yolg'on malak

Dilimga dard dog'in dafn etgan malak
Muhabbatim zavoliga yetgan malak
Yuragimni asir etib so'ng parchalab
Yolg'izlikka meni mahkum etgan malak

Orzularim osmonida uchar edim
Visolinga to'ymay takror quchar edim
Sarhusht bo'lib muhabbatning sharofini
Afsus sarofligin bilmay ichar edim

Malak, malak, malak 
Muhabbati yolg'on malak
Malak, malak, malak 
Muhabbati yolg'on malak (x2)

Quvonardim boqib qaro ko'zlaringa
Ado bo'lar edim pishva nozlaringa
Yuraging tosh ekanligin qaydan bilay
Ishonibman  sevdim degan so'zlaringa

Vujudimda hayqirar nafrat nolasi
Har odamning ichida bo'lar qorasi
Men aldanib mehr bergan ey hur malak
Mehr emas bu on senga sochim tolasi

Malak, malak, malak 
Muhabbati yolg'on malak
Malak, malak, malak 
Muhabbati yolg'on malak (x2)



Бошка кушик матнлари:


Otabek Mutalxo'jaev - O’zga sayyoralik
Og'abek Sobirov - Dog’iman
Jo'rabek Qodirov - Rashk
Ozodbek Nazarbekov - Asir-asir
Ozodbek Nazarbekov - Sevdim


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты