Nodir Xolboyev - Ramazon

O`n ikki oy sultoni,
Mo`min-muslim qalqoni,
Ro`zadorlar rayyoni,
Ulug` oy bu Ramazon,
Qutlug` oy bu Ramazon.

Qur’on nozil oydir bu,
Barokatga boydir u,
Savob to`la soydir bu,
Rahmat oyi Ramazon,
Shafqat oyi Ramazon.

Ulug` oy bu Ramazon,
Qutlug` oy bu Ramazon,
Rahmat oy bu Ramazon,
Shafqat oy bu Ramazon.

To`kin-sochin dasturxon,
Qalbda mavjlanar iymon,
Tabassumda musulmon,
Rohat oy bu Ramazon,
Toat oy bu Ramazon.

Vujudimiz poklovchi,
Shafoatchi, oqlovchi,
Jahannamdan saqlovchi
Buyuk oy bu Ramazon,
Suyuk oy bu Ramazon.

Ulug` oy bu Ramazon,
Qutlug` oy bu Ramazon,
Rahmat oy bu Ramazon,
Shafqat oy bu Ramazon.

Tarovehlar, tasbehlar,
Salovatlar, tashbehlar,
Nasihatlar, tanbehlar,
Shukur oy bu Ramazon,
Zikr oy bu Ramazon.

Arazlashgan do`stlashar,
Qarindoshlar yo`qlashar,
Islom ummat birlashar,
Tarovatli Ramazon,
Halovatli Ramazon.

Shukur oy bu Ramazon,
Zikr oy bu Ramazon.
Tarovatli Ramazon,
Halovatli Ramazon.



Бошка кушик матнлари:


Yulduz Usmonova - Shukur
Oybek Xolmedov - Mohi Ramazon
Abdulaziz Qori, Doston Ubaydullaev, Sardor Rahimxon - Bayram Ramazon (Ramazon tuhfasi)
Sardor Rahimxon - Xayr, mohi Ramazon!
Shohjahon Jo'raev - Ramazon, xush kelding


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты