Shohjahon Jo'raev - Bir iltimosim siz otamni duo qiling

Mayliga qadrimni bilmasangiz ham,
Hol-ahvolimni hech so`rmasangiz ham,
Roziman qarsaklar chalmasangiz ham,
Bir iltimosim, siz otamni duo qiling.

Darddan jonim kuysa darmon, jon bo`lgan,
Bildirmagan, ammo bag`ri qon bo`lgan,
Meni o`ylab har dam u giryon bo`lgan,
Bir iltimosim, siz otamni duo qiling.

Mayliga qadrimni bilmasangiz ham,
Bir iltimosim, siz otamni duo qiling.

Mendan rozi bo`lib, shod yursin har on,
Baxtimga hamisha sog` bo`lsin, omon.
Asli mehringizga loyiq shu inson,
Bir iltimosim, siz otamni duo qiling.

Zarracha bo`lsa gar, hurmatim haqqi,
Shu bir iltimosim – xizmatim haqqi,
Menga shu yetarli, rag`batim haqqi,
Bir iltimosim, siz otamni duo qiling.

Allohimga chin dildan kaftingiz ochib,
Bir iltimosim, siz otamni duo qiling. (x2)



Бошка кушик матнлари:


Doston Ergashev - Rozi bo’lsin
Sardor Mamadaliyev - Omon yora
Mavluda Asalxo'jayeva - Tinchlik bo’lsin
Bojalar guruhi, Rayhon - Omoney
Ilhom Farmonov - Onajoning rozi qil


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты