Hamdam Sobirov - Musofir

Yoningga bormasam,
Bag`rimga bosmasam,
Va’dasi yolg`on dema,
Musofirdan qaytmasam.

Do`stlarim uylanib ketdi,
Bolali bo`lib ketdi,
Yig`lagim kelib ketdi,
Musofirdan qaytmasam.
Onamni sog`indim,
Musofirdan qaytmasam.

Xatlarim bormayaptimi?
Javob berging kelmayaptimi?
Sovchilar qo`ymayaptimi?
Musofirdan qaytmasam.

Pul topish oson emas,
Ishlarim yomon emas,
Yo`q netay, O`zbekiston emas,
Musofirdan qaytmasam.
Qishlog`imni sog`indim,
Musofirdan qaytmasam.

Sovuqdan qo`llarim titraydi ona,
Qo`limda rasmingiz, sog`indim ona,
Sog`-omon yuribman, qayg`urmang ota,
Qaytaman yurtimga, qaytaman.

Qo`ng`iroq qilganda hayajon bosar,
Yuragim arqonga o`zini osar,
Sevgilim sog`inchi qalbimda yotar,
Qaytaman yurtimga, qaytaman.
Sovchilikka boring endi, onajon,
Men bugun yurtimga qaytaman!



Бошка кушик матнлари:


Shahzod guruhi - Yo’q dema
Rayhon, Ziyoda - Dema sodda
Botir Qodirov, Munisa Rizayeva - Dema-dema
Alisher Fayz - Iltijo
Ulug'bek Rahmatullaev - Ota


Добавить комментарий

Категории
Популярные тексты